EIZ Infratuzilmasi

"Hazorasp " erkin iqtisodiy zonasida joylashtiriladigan korxonalarning ishlab chiqarish hududi chegarasigacha muhandislik-kommunikasiya infratuzilmasi bepul olib borib beriladi. 

2018 yilda "Hazorasp " erkin iqtisodiy zonasining muhandislik-kommunikasiya infratuzilmasini rivojlantirish dasturi tasdiqlangan bo’lib, unga muvofiq korxonalarni zarur infratuzilma bilan ta'minlash maqsadida hukumat tomonidan 351,9 milliard so’m miqdorida mablag’lar ajratilishi rejalashtirilgan va mazkur mablag`lar quyidagilar uchun ajratiladi:  

elektr ta'minoti;

gaz ta'minoti;

suv ta'minoti va oqovalarni chiqarib tashlash;

temir yo'l infratuzilmasi;

avtomobil yo'llarini qurish uchun.