Tashkiliy-huquqiy asoslar

"Hazorasp" erkin iqtisodiy zonasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 yanvardagi "“Urgut”, “G‘ijduvon”, “Qo‘qon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to‘g‘risida"gi PF-4931-sonli Farmmoniga asosan tashkil etilgan. "Hazorasp" erkin iqtisodiy zonasining tashkil etilishidan asosiy maqsad tashqi bozorlarda talab katta bo‘lgan, yuqori qo‘shilgan qiymatli raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlaydigan mineral-xomashyo va qishloq xo‘jaligi resurslarini chuqur qayta ishlash bo‘yicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etishga xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish uchun qulay sharoitlarni yaratish, shuningdek, Xorazm viloyatining ishlab chiqarish hamda resurs salohiyatidan kompleks va samarali foydalanish, shu asosda yangi ish o‘rinlari tashkil etish hamda aholi daromadlarini oshirishdir.