“Hazorasp” EIZ direksiyasi faoliyati yangi ishlab chiqarish quvvatlarini qo‘llab quvvatlash, yuqori texnologik ishlab chiqarishni rivojlantirish, zamonaviy raqobatbardosh, import o‘rnini bosuvchi, eksportga yo‘naltirilgan tayyor sanoat mahsulotini ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga faol jalb etish, shuningdek ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, yo‘l-transport, ijtimoiy infratuzilmani va logistika xizmatlarini rivojlantirishni taʼminlashdan iborat.
“Hazorasp” EIZ direksiyasining vazifalari:
Erkin iqtisodiy zona hududida maxsus huquqiy rejimning amal qilishini taʼminlaydi;
Salohiyatli investorlar va erkin iqtisodiy zona ishtirokchilari bilan o‘zaro hamkorlikni, shu jumladan investitsiya buyurtmanomasini ko‘rib chiqish va tanlab olish uchun qabul qiladi;
Investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini monitoring qiladi, shuningdek erkin iqtisodiy zona ishtirokchilari tomonidan investitsiya bitimiga kiritilgan majburiyatlarning bajarilishini nazorat qiladi;
Erkin iqtisodiy zonani rivojlantirish dasturi amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Erkin iqtisodiy zona hududida ekologik nazorat, shuningdek madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni tashkillashtiradi;
Erkin iqtisodiy zona ishtirokchilari bilan shartnomalar asosida marketing xizmatlari, shuningdek mahsulotlarni ichki va tashqi bozorlarda targ‘ib qilish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadi;
Erkin iqtisodiy zonaga investorlarni jalb etish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshiradi;
Investorlarni, erkin iqtisodiy zonaning ishtirokchilarini axborot bilan taʼminlaydi, shu jumladan ularning davlat organlari va boshqa tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlarini tashkil etadi;
Erkin iqtisodiy zona hududidagi yer uchastkalarini, shuningdek binolar va inshootlarni erkin iqtisodiy zona ishtirokchilariga foydalanishga ijaraga beradi;
Direksiya erkin iqtisodiy zona ishtirokchilarining qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladigan faoliyatiga aralashishga haqli emas.“Hazorasp” EIZ direksiyasi faoliyati yangi ishlab chiqarish quvvatlarini qo‘llab quvvatlash, yuqori texnologik ishlab chiqarishni rivojlantirish, zamonaviy raqobatbardosh, import o‘rnini bosuvchi, eksportga yo‘naltirilgan tayyor sanoat mahsulotini ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga faol jalb etish, shuningdek ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, yo‘l-transport, ijtimoiy infratuzilmani va logistika xizmatlarini rivojlantirishni taʼminlashdan iborat.
“Hazorasp” EIZ direksiyasining vazifalari:
Erkin iqtisodiy zona hududida maxsus huquqiy rejimning amal qilishini taʼminlaydi;
Salohiyatli investorlar va erkin iqtisodiy zona ishtirokchilari bilan o‘zaro hamkorlikni, shu jumladan investitsiya buyurtmanomasini ko‘rib chiqish va tanlab olish uchun qabul qiladi;
Investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini monitoring qiladi, shuningdek erkin iqtisodiy zona ishtirokchilari tomonidan investitsiya bitimiga kiritilgan majburiyatlarning bajarilishini nazorat qiladi;
Erkin iqtisodiy zonani rivojlantirish dasturi amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Erkin iqtisodiy zona hududida ekologik nazorat, shuningdek madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni tashkillashtiradi;
Erkin iqtisodiy zona ishtirokchilari bilan shartnomalar asosida marketing xizmatlari, shuningdek mahsulotlarni ichki va tashqi bozorlarda targ‘ib qilish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadi;
Erkin iqtisodiy zonaga investorlarni jalb etish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshiradi;
Investorlarni, erkin iqtisodiy zonaning ishtirokchilarini axborot bilan taʼminlaydi, shu jumladan ularning davlat organlari va boshqa tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlarini tashkil etadi;
Erkin iqtisodiy zona hududidagi yer uchastkalarini, shuningdek binolar va inshootlarni erkin iqtisodiy zona ishtirokchilariga foydalanishga ijaraga beradi;
Direksiya erkin iqtisodiy zona ishtirokchilarining qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladigan faoliyatiga aralashishga haqli emas.