“Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 yanvardagi PF-4931-sonli Farmoniga asosan tashkil etilgan. “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasining tashkil etilishidan asosiy maqsad tashqi bozorlarda talab katta bo‘lgan, yuqori qo‘shilgan qiymatli raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni taʼminlash va zamonaviy ishlab chiqarishni tashkil etishga xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish uchun qulay sharoitlarni yaratish, shuningdek, Xorazm viloyatining ishlab chiqarish hamda resurs salohiyatidan kompleks va samarali foydalanish, shu asosda yangi ish o‘rinlari tashkil etish hamda aholi daromadlarini oshirishdir.