Umumiy ma`lumotlar

      “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 yanvardagi PF-4931-sonli Farmoniga asosan tashkil etilgan. “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasining tashkil etilishidan asosiy maqsad tashqi bozorlarda talab katta bo‘lgan, yuqori qo‘shilgan qiymatli raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni taʼminlash va zamonaviy ishlab chiqarishni tashkil etishga xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish uchun qulay sharoitlarni yaratish, shuningdek, Xorazm viloyatining ishlab chiqarish hamda resurs salohiyatidan kompleks va samarali foydalanish, shu asosda yangi ish o‘rinlari tashkil etish hamda aholi daromadlarini oshirishdir.
     "Hazorasp " erkin iqtisodiy zonasi direktsiyasi DUK "Hazorasp " EIZ faoliyatini tezkor boshqaruvchi davlat unitar korxonasi hisoblanadi."Hazorasp " EIZ ning asosiy funktsiyalari qatoriga quyidagilar kiradi:"Hazorasp " EIZ qatnashchilarini ro'yxatdan o'tkazish va "Hazorasp " erkin iqtisodiy zonasi qatnashchisining reestrini yuritish, guvohnoma berish."Hazorasp " EIZ hududida "Hazorasp " EIZ qatnashchilari bo'lmagan boshqa xo'jalik yurituvchi sub'ektlar hisobini yuritish."Hazorasp " EIZ hududida investisiya kiritish to'g'risidagi bitimlarni tayyorlash va tuzish.Ishlamayotgan korxonalarni va davlat mulki bo'lgan mol-mulkni nul sotish qiymati bo'yicha sotish to'g'risida shartnomalar tayyorlash va "Hazorasp " EIZ qatnashchilari bilan tuzish.O'rnatilgan tartibda tanlab olingan investorlar bilan investorlar tomonidan o'z zimmalariga olingan majburiyatlar zarur tarzda bajarilishini nazoratga olish."Hazorasp " EIZ hududida joylashgan davlat mulki bo'lgan ko'chmas mulk ob'ektlarini boshqarish."Hazorasp " EIZ qatnashchilariga shu jumladan davlat organlarida ularning manfaatlarini ifodalash yo'li bilan xizmatlar ko'rsatish."Hazorasp " EIZ faoliyatini tezkor boshqarish bo'yicha boshqa funktsiyalarni amalga oshirish.