Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilangan tartibda soliq imtiyozlaridan foydalanadilar.
Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari o‘zlari kiritgan investitsiyalar hajmiga qarab daromad solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi:
- 3 million AQSH dollaridan 5 million AQSH dollarigacha bo‘lgan miqdorda — 3 yil muddatga;
- 5 million AQSH dollaridan 15 million AQSH dollarigacha bo‘lgan miqdorda — 5 yil muddatga;
- 15 million AQSH dollari va undan ortiq miqdorda — 10 yil muddatga.
Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilangan muddatga amalga oshirilgan investitsiyalar hajmiga qarab, mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lashdan ozod qilish tarzidagi soliq imtiyozlari taqdim etiladi.
- 300 ming AQSH dollaridan 3 million AQSH dollarigacha — 3 yil muddatga;
- 3 million AQSH dollaridan 5 million AQSH dollarigacha — 5 yil muddatga;
- 5 million AQSH dollaridan 10 million AQSH dollarigacha — 7 yil muddatga;
- 10 million AQSH dollaridan va undan ortiq miqdorda - 10 yil muddatga.