Erkin iqtisodiy zonalar hududida amalga oshirish uchun taklif etiladigan investitsiya loyihalariga doir umumiy talablar jumlasiga quyidagilar kiradi:
Arxitektura va qurilish, texnik jihatdan tartibga solish, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, mehnatni muhofaza qilish hamda sanoat xavfsizligi sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiqlik;
Moliyalashtirish manbalarining mavjudligi;
Erkin iqtisodiy zona faoliyatiga va tarmoq ixtisoslashuviga muvofiqlik;
Texnologik uskunalar va texnologik jarayonlar ko‘rsatkichlarining zamonaviy energiya samaradorligi talablariga muvofiqligi.
Erkin iqtisodiy zona hududida faoliyatning quyidagi turlarini amalga oshirish taqiqlanadi:
Ekologik standartlarga va mehnatni muhofaza qilish standartlariga javob bermaydigan ishlab chiqarishni;
Qurol va o‘q-dorilar ishlab chiqarishni, qurol va o‘q-dorilar savdosini;
Yadroviy materiallar va radioaktiv moddalar ishlab chiqarishni, yadroviy materiallar va radioaktiv moddalar savdosini;
Alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarishni;
Xom teriga ishlov berishni, hayvonlarni haydab boqishni yoki so‘yishni;
Sement, beton, sement klinkeri, g‘isht, temir-beton plitalar ishlab chiqarishni, ko‘mir, ohak va gipsdan mahsulot ishlab chiqarishni;
Barcha turdagi chiqindilarni qayta ishlash, parchalash, yoqish, gazlashtirish, ularga kimyoviy vositalar bilan ishlov berish, ularni yakuniy va (yoki) vaqtincha saqlash va (yoki) yer ostiga ko‘mib tashlashni;
Neftni qayta ishlash zavodlarini, atom elektr stansiyalarini, yadroviy qurilmalarni, radiatsiyaviy manbalarni, qayta ishlangan yadroviy yoqilg‘i, radioaktiv moddalar va chiqindilar, shuningdek boshqa radioaktiv chiqindilarni saqlash, utilizatsiya qilish va qayta ishlash uchun mo‘ljallangan punktlar hamda qurilmalarni joylashtirishni.Erkin iqtisodiy zonalar hududida amalga oshirish uchun taklif etiladigan investitsiya loyihalariga doir umumiy talablar jumlasiga quyidagilar kiradi:
Arxitektura va qurilish, texnik jihatdan tartibga solish, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, mehnatni muhofaza qilish hamda sanoat xavfsizligi sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiqlik;
Moliyalashtirish manbalarining mavjudligi;
Erkin iqtisodiy zona faoliyatiga va tarmoq ixtisoslashuviga muvofiqlik;
Texnologik uskunalar va texnologik jarayonlar ko‘rsatkichlarining zamonaviy energiya samaradorligi talablariga muvofiqligi.
Erkin iqtisodiy zona hududida faoliyatning quyidagi turlarini amalga oshirish taqiqlanadi:
Ekologik standartlarga va mehnatni muhofaza qilish standartlariga javob bermaydigan ishlab chiqarishni;
Qurol va o‘q-dorilar ishlab chiqarishni, qurol va o‘q-dorilar savdosini;
Yadroviy materiallar va radioaktiv moddalar ishlab chiqarishni, yadroviy materiallar va radioaktiv moddalar savdosini;
Alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarishni;
Xom teriga ishlov berishni, hayvonlarni haydab boqishni yoki so‘yishni;
Sement, beton, sement klinkeri, g‘isht, temir-beton plitalar ishlab chiqarishni, ko‘mir, ohak va gipsdan mahsulot ishlab chiqarishni;
Barcha turdagi chiqindilarni qayta ishlash, parchalash, yoqish, gazlashtirish, ularga kimyoviy vositalar bilan ishlov berish, ularni yakuniy va (yoki) vaqtincha saqlash va (yoki) yer ostiga ko‘mib tashlashni;
Neftni qayta ishlash zavodlarini, atom elektr stansiyalarini, yadroviy qurilmalarni, radiatsiyaviy manbalarni, qayta ishlangan yadroviy yoqilg‘i, radioaktiv moddalar va chiqindilar, shuningdek boshqa radioaktiv chiqindilarni saqlash, utilizatsiya qilish va qayta ishlash uchun mo‘ljallangan punktlar hamda qurilmalarni joylashtirishni.