“Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasi hududida “IMZO GLASS KHOREZM” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan toblangan oyna, deraza va eshik romlari ishlab chiqarish loyihasi ishga tushirildi. Loyihaning umumiy qiymati 7 mln dollar bo‘lib, quvvati yiliga 300 ming kvadrat metr mahsulot ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. Korxona xorijdan keltirilgan eng so‘nggi rusumdagi texnologik uskunalar bilan jihozlangan bo‘lib, yiliga 116 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqariladi. Loyiha ishga tushishi bilan 100 nafar yoshlar uchun yangi ish o‘rni ochildi.